TANNARX
TANNARX – korxonalar mahsulot tayyorlashga qiladigan sarflarning pul shaklida ifodalanishi. Mahsulot tannarxini hisoblash iqtisodiyotning har bir tarmog’ida o’z xususiyatiga ega. Shuning uchun ham amalda mahsulot birligi tannarxi, yuk tashish tannarxi, qurilish-montaj ishlari tannarxi kabi tarmoq hisob-kitob usullari qo’llaniladi. Birlik tannarxi qilingan sarf-xarajatlarni tayyorlangan mahsulot yoki bajarilgan ishlarning miqdoriga bo’lish orqali hisoblanadi. Sanoatda tovar mahsuloti tannarxi qo’llanilib, o’z navbatida 3 ta turga – sex, korxona va to’la yoki tijorat tannarxiga bo’linadi. Sex tannarxi shu sex doirasida, korxona tannarxi korxona doirasidagi tovar ishlab chiqarish xarajatlarini o’z ichiga oladi. To’la tannarx esa barcha ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari, tovarni iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’liq bo’Igan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Mahsulot tannarxiga quyidagilar kiradi: a) xomashyo va materialiar; b) yoqilg’i va moylash materiallari; d) elektr energiya xarajatlari; e) amortizatsiya ajratmasi; f) ish haqi; g) ijtimoiy sug’urta ajratmalari; h) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari; i) umumiy xo’jalik xarajatlari. Bozor iqtisodiyotiga o’tilishi munosabati bilan “Korxonalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida’ gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga binoan tibbiyot sug’urtasiga to’lov, majburiy sug’urta to’lovi, qisqa muddatli bank kreditiga foiz ajratmasi to’lovlari joriy etilishi tannarx tarkibiga qo’shimcha xarajatlar kiritdi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot ishlab chiqarish va sotish tannarx miqdoriga bog’liqdir. Zero, ishlab chiqarish uchun eng asosiy masala shuki, yuqori foyda olish va raqobatda yutish tannarxini qanchalik kamaytira olishga bog’liq bo’ladi.