TANXOZDARYO
TANXOZDARYO — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Hisor tizmasining g’arbiy yon bag’irlaridan, 3900 metr balandlikdagi Kichikg’ozi ko’lidan boshlanadi. Nushkent qishlog’i yaqinida Qashqadaryoga quyiladi. Uzunligi 93 kilometr, havzasining maydoni 425 kilometr kvadrat. Qariyb 70 kilometr masofada tog’lar orasidan oqadi. Qor, yomg’ir, qisman muzliklardan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 10,1 m3/sek.dan (ko’p suvli yilda) 1,67 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) o’zgaradi. Martiyun oylarida sersuv bo’ladi, yoz o’rtalarida suvi kamayadi.