TAQIR

TAQIR — 1) cho’l va chala cho’l zonalarida loituproqdan tarkib topgan va vaqgvaqti bilan suv bosadigan gilli yalang pastliklar. Yoshnli mavsumda yuzasi yupqa suv bilan qoplanib, suv bug’lanib ketgach, Taqir yorilib, o’simlik o’smaydigan qatolloqqa aylanadi. Shunday sharoitda vujudga kelgan tuproqlarga taqir tuproqlar deyiladi. Taqir maydoni bir necha metr kvadratdan 10-12 kilometr kvadratgacha bo’ladi; 2) cho’llardagi yalang’och pastliklarda tub jinsi qumoqlisoz tuproqdan iborat bo’lgan, avtomorf sharoitlarda rivojlangan tuproq tipi. Yuzasining poligonal yoriqli qobiq (qatolloq) bilan qoplanganligi, qisman gumus borligi (0,5% gacha), sho’rxokligi (sho’rlanishi xloridsulfatli va sulfat xloridli) Taqirning muhim belgilaridir. Taqirda o’simliklar deyarli o’smaydi. Tuproq profili qalinligi 30-40 santimetrdan oshmaydi. O’rta Osiyo, Qozog’iston, Mongoliya, G’arbiy Osiyo, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Taqirni o’zlashtirish qimmat turadigan melioratsiya tadbirlari bilan bog’liq.