Taqriz
Taqriz (Arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar taxlili. T. da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko’tarilgan muammolar, asarning g’oyaviybadiiy xususiyatlari, muallif ijosida, adabiyotda tutgan o’rni xaqida ma’lumot bo’ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko’maklashadi. Ichki T. ham bo’ladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki T.ga beriladi, birok, bu T. matbuotda e’lon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida T.ning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U T.ni haqiqiy san’at darajasiga ko’tardi. T. badiiy asar haqida shunchaki ma’lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko’taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o’ylashga o’rgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. T. xarakteriga ko’ra xilmaxil bo’ladi. Mac, kengaytirilgan annotasiya tipidagi T.da asar haqida bibliografik ma’lumot beriladi. Tanqidiy yoki publisistik maketa T. larida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy o’ylar) xarakteridagi T.da taqrizchi o’z fikrtuyg’ularini, asarni o’qish jarayonida hosil bo’lgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif o’z asariga ham T. yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. O’zbek adabiyotida T. 20-a. boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda T. o’zbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan bo’lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G’afur G’ulom kabi yozuvchilar, o.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qo’shjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va b. olimlar o’zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan T.lar yaratdilar. Ozod Sharafiddinov.