Taqyatuzi, taqyado’zi
Taqyatuzi, taqyado’zi (Arabcha, taqya — do’ppi) — zargarlik buyumi; xorazmlik ayollarning bosh kiyimiga mustahkamlanadigan taqinchoq. Taqyatuzi, asosan aylana, shuningdek murabba, 6, 8 qirrali shakldor plastinadan tuzilgan, plastina atrofi gir aylanasiga metall, marjon va qimmatbaho tosh munchoq va yaproqchalar bilan yakunlanadigan uzun metall zanjirli shokilalar bilan o’ralgan. Taqyatuzi yuzasi bosma, kandakori va shabaka usulida naqshlar bilan, ayrimlari atrofi Feruza ko’zlar bilan xrshiyalangan yirik va mayda qimmatbaho toshlar qadab bezatiladi, markazida par o’rnatiladigan naychasi ham bo’ladi. Taqyatuzi plastinasi atrofi 2 qator Feruza ko’zlar yoki zig’iraklar bilan hoshiyalanadi. Taqyatuzi bosh kiyimini butunlay qoplab berkitib turadi. Qizlarning sepiga kirgan Taqyatuzi Xorazm ustalarining yuksak mahoratini namoyish etadi.