TARBAG’ATOY

TARBAG’ATOY — Qozog’iston sharqidagi tog’tizmasi. Xitoy bilan bo’lgan chegarada. Zaysan ko’li bilan Olako’l oralig’ida. Eng baland joyi 2992 metr (Tostov tog’i). Uzunligi 300 kilometrga yaqin. Tarbag’atoy slanes, konglomerat, ohaktosh, vulkan jinslaridan tuzilgan. Yon bag’irlarining quyi qismlarida chala cho’l, yuqoriroqda tog’ o’tloqlari uchraydi. Vodiylarda daraxtlar, Janub yon bag’irlarida butalar o’sadi.