TARIXIY VA MADANIY YODGORLIKLAR MUHOFAZASI
TARIXIY VA MADANIY YODGORLIKLAR MUHOFAZASI – insoniyat madaniy merosini saqlash va muhofaza qilish yo’lidagi xalqaro, davlat va jamoatchilik tadbirlari tizimi. Tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, adabiyot, tasviriy va amaliy san’at asarlari, arxeologik topilmalar, milliy va xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan majmualar, muhim ilmiy tadqiqotlar muxrfaza etiladi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi, asosan, Uyg’onish davridan boshlangan. Buyuk frantsuz inqilobi davrida shaxsiy kollektsiyalar nasionalizasiya qilingan (Luvr muzeyini tashkil etish to’g’risidagi dekret, 1793). 19-20- asr boshlarida ko’pgina Yevropa davlatlarida tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat muhofazasiga olingan. 2-jahon urushidan so’ng YUNESKO tashabbusi bilan 1954 yilda (Gaaga konferentsiyasi) Xalqaro Konventsiya va «Qurolli konfliktlar ro’y berganda madaniyat boyliklarini himoya qilish to’g’risida» bayonnoma imzolangan. Tarixiy va madaniy yodgorliklar muhofazasi bilan Xalqaro muzeylar kengashi (1946), Madaniyat boyliklarini muhofaza etish va restavratsiya qilish xalqaro tadqiqot markazi (1959), yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza etish bo’yicha xalqaro kengash (1965) shug’ullanadi. O’zbekistonda yodgorliklarni muhofaza etish, asosan, 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. 1920 yil maorif xalq komissarligi qoshida muzeylar, san’at asarlari va qadimgi yodgorliklarni muhofaza qilish Turkiston qo’mitasi — Turkkomstaris tuzilgan, keyinchalik Sredazkomstaris bu ish bilan shug’ullangan. Hozir O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiyishlab chiqarish. Bosh boshqarmasi shug’ullanmoqda. Respublika hududida va chet mamlakatlarda saqlanayotgan noyob qo’lyozmalar, madaniy, tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik, xalq og’zaki ijodi namunalari, san’at va badiiy asarlar, teatrmusiqa, qad. davlatchilik tarixiga oid hujjatlar, qadimgi cholg’u asboblarini yig’ish, saqlash va boshqalar bilan shug’ullanish maqsadida «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi tuzilgan (1999 yil 12 oktabr).