TAROZ
TAROZ, Talas (1936 yilgacha Avliyoota, 1936-1938 yillarda Mirzoyan, 1938 yildan Jambul, 1998 yildan Taroz) — Qozog’iston Respublikasi Jambul viloyatidagi qadimgi shahar, viloyatning ma’muriy markazi. Olmaotadan 545 kilometr g’arbda, Talas daryosini temir yo’l kesib o’tgan joyda. Aholisi 325 ming kishiga yaqin (2003). Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Taroz taxminan 5-asrda vujudga kelgan. Dastlab, vizantiyaliq elchi Zemarx tomonidan 568 yil qayd etilgan. Shahar Arab, fors manbalarida Talas, Taroz, yangi nomlari bilan tilga olingan (8— 18-asrlar). Qadimda Taroz Talas daryosi yoqasida joylashgan. U qal’a, Shahriston va raboddan iborat bo’lgan. 7-asrda Taroz muhim savdo markazi. 751 yil Taroz yaqinida Talas jangi bo’lib o’tgan. 9-asr oxiridan Somoniylar, 10-asr oxiridan Qoraxoniylar davlati tarkibida. 12-asr oxiridan boshlab Qoraxitoylar va mo’g’ullar istilosidan ancha shikastlangan Taroz tanazzulga uchray boshlagan. 16-asr boshida shaharda g’ayot barham topgan. Tarozda o’tkazilgan qazishmalar chog’ida zardushtiylarning ossuariylarda ko’milgan qabrlari, devoriy rasmlar bilan bezatilgan 11 — 12-asrlarga oid hammom, korizlar (suv o’tkazgich) topilgan. 19-asrda Avliyoota qal’asi qurilgan. 1864 yilda Tarozni Rossiya qo’shinlari bosib olgan. 1920 yildan Qozog’iston tarkibida. Taroz kimyo (fosfor, mineral o’gitlar), engil va oziq-ovqat (charmpoyabzal kombinati, jun fabrikasi, mebel, tikuvchilik, attorlik fabrikalari, xrom va rezina buyumlari zavodlari, shakarqand, go’sht va spirt, araq ktlari, vino, sut, baliq, pivo zavodlari) sanoatining mug’im markazi. Mashinasozlik (kommunal asbobuskunalari, qishloq xo’jaligi. mashinalariga ehtiyot qismlar, agregatta’mirlash zavodlari va boshqalar), qurilish materiallari sanoatlari rivojlanmoqda. Tarozda 3 oliy o’quv yurti (yengil va oziq-ovqat sanoati texnologiya instituti, gidromelioratsiyaqurilish va pedagogika institutlari), o’lkashunoslik muzeyi, drama teatri bor. Shahar aeroporti, temir yo’l va avtovokzallar ishlab turibdi. Tarozdan 18 kilometr Janubi g’arbda noyob me’moriy obidalar: Babaji xotun maqbarasi (10— 11-asrlar) va Oyshabibi maqbarasi (11 —12-asrlar) saklangan. Ad.: Bernshtam A.N., Pamyatniki Starini Talasskoy dolini, Almaata, 1941; Senigova T.N., Srednevekoviy Taraz, AlmaAta, 1972.