TARS

TARS (Gyozlyu-kule) — qadimgi manzilgoh (miloddan avvalgi 6-ming yillik — milodiy 3-4-asrlar). Turkiyaning Tarsus shahar chetida joylashgan. Tarsdagi qazilmalar (1934— 38) natijasida kichik Osiyo Jan.ning arxeologik madaniyatini belgilovchi aniq stratigrafiyasi aniqlandi. Miloddan avvalgi 6—5 ming yillikda Tars — neolit davri manzilgohi bo’lib, aholisi qoramtirko’k rangdagi idishlar tayyorlashgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda Tars — atrofi mudofaa devori bilan o’ralgan mustahkam shaharcha. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda xemmaap davlati tarkibida (Xett muhrlari topilgan). Miloddan avvalgi 1100-850 yillarda Tarsda dastlabki temir buyumlar yasalgan. Tars madaniyatiga oid aholi Suriya va Ossuriya bilan yaqindan aloqada bo’lgan. Miloddan avvalgi 7-asrda Tars Ossuriya tarkibiga kirgan. Tarsning yuqori qatlamlaridan ellinistik va Rim davriga oid (miloddan avvalgi 4-asr — milodiy 3-4 asrlar) qabrlar chiqqan.