TARTARAK

TARTARAK — qushlarni cho’chitib haydashda ishlatiladigan asbob. Tartarak yasash uchun qalinligi 0,5—1, eni 4-5, uzunligi 35-40 santimetr va 2 dona taxtaga bir tomondan xuddi shunday qalinlik va enli, uzunligi 20— 25 santimetrli taxtacha birkitilib, «rom» hamda uzunligi 30, diametri 5-6 santimetrli kattik, yog’och g’o’lasidan Tartarak o’qi yasaladi. Buning uchun g’o’lachaning ikki tomoni 10 santimetr uzunlikda yo’nilib bir tomonidan diametri 3-4 santimetr dasta chiqariladi, o’rtasida 1 santimetr chuqurlikda tik yo’llar ochilgan gupchak qoldiriladi. So’ngra rom o’qqa kiydiriladi. Yupqa yog’och taxtachadan gupchak o’lchamida parrak («til») yasalib, uning bir tomoni «rom»ning ko’ndalang taxtachasi o’rtasiga mahkamlanadi, bir uchi gupchakka takalib turadi. Tilning mustahkam turishi uchun o’rtasiga bel qo’yiladi. Tartarak dastasidan ushlab aylantirilganda, «tarillagan» qattiq ovoz chiqadi. Tartarakdan asosan, bog’, uzumzorlarni chug’urchuq va chumchuqlardan qo’riklashda foydalaniladi.