«TASHKENT PELIS XOUTEL»

«TASHKENT PELIS XOUTEL» (Toshkent saroy mehmonxonasi») — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrining Buyuk Turon ko’chasi (Navoiy teatri ro’parasi)da joylashgan. 1958 yilda «Toshkent» mehmonxonasi (me’mor M.Bulatov. L.Karash) nomi bilan bunyod etilgan. Bino tarhi P shaklida, Markaziy korpusi 5 qavatli, yon qanotlari 4 qavatli. 2003 yilda ta’mirlandi (ta’mirlash loyihasi muallifi A.Z.To’xtayev; qurilishni «Aysel» firmasi bajargan). 2003 — 04 yillarda «E Mepsnep Taaglegi ralake polel», 2005 yildan hozirgi nomda. Ta’mirdan so’ng 232 ta xonadan iborat bo’ldi; 149 ta 1 o’rinli lyuks, 39 ta 2 o’rinli lyuks, 29 ta 1 xonali yeuperlyuks, 13 ta 2 xonali, 1 ta 3 xonali apargamentli va 1 ta prezilent apartamentli xonalari bor. Binoning yer osti qismida yordamchi xonalar, ustaxona va texnik xonalar joylashgan. Ichkari hovlida hovuz, 1-qavatda vestibyul, biznes-markaz va konferentsiya zali, sartaroshxona. do’kon. 210 o’rinli restoran, 34 o’rinli qahvaxona, sog’lomlashtirish markazi faoliyat ko’rsatadi. 2 — 5-qavatlarda turar joy xonalari joylashgan. Ular zamonaviy mebel va boshqa kerakli uskunalar bilan jihozlangan. 6-qavatda shinamgina ayvonli qahvaxona mavjud. Binoning me’moriy yechimi avvalgi ko’rinishda saqlangan. faqat uning granitdan qilingan qismi qayta tiklangan. Yog’och derazalar alyuminiy derazalar (shishapeiat) bilan almashtirilgan. Bino yanada go’zallashgan.