Tashkiliy-texnika-boshqaruv

Tashkiliy-texnika-boshqaruv va muhandislik-texnikaviy ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishda foydalaniladigan texnika vositalari majmui. Unga hujjatlar tayyorlaydigan qurilmalar (masalan, yozuv mashinkasi, kompyuter, printer va hokazolar), nusxa ko’chirish apparatlari (foto, yorug’lik, ksero…, elektrfoto, termo…, elektron va hokazolar), hujjatlarni ishlash, saklash va avtomatik tarzda izlash vositalari (mexanizatsiyalashtirilgan kartotekalar, avtomatik izlash qurilmalari va hokazolar), chizmachilik-loyihalash asbob-uskunalari (chizmachilik asboblari, taxtalari, stollari va hokazolar), hisoblash qurilmalari (logarifmik lineykalar, elektron kalkulyatorlar), ichki va tashqi aloqa vositalari (telefon, telegraf, teletayp va hokazolar) va boshqalar kiradi. Bulardan tashqari mebellar, kichik Tashkiliy-texnika vositalari (ruchkaqalam, o’chirgich, xatxabarlarni ishlash mashinalari va hokazolar)ni ham Tashkiliy-texnikaga kiritish mumkin. Muassasa, tashkilot, korxona, firmalar va birlashmalardagi ish yuritish sifati, tezkorligi, ish samaradorligi, unumdorlik, saranjom-sarishtalik ko’p jihatdan Tashkiliy-texnikaga bog’liq.