TASHQARI

TASHQARI, tashqi hovli — O’rta Osiyo xalq me’morligida o’troq aholi uyjoyining maxsus bir bo’lagi; ko’cha darvozaga yaqin tomondagi qismi. Mehmonxona, xo’jalik uchun zarur xonalar, xizmatchilar xonasi, otxona va boshqalar joylashgan. Tashqari hovli erkaklar uchun, ichkari hovli esa xotinxalaj va bolalar uchun maxsus qurilgan. Uylar xonadon egalarining mavqeiga qarab o’ziga xos ko’rinishda bo’lgan. Masalan, savdogar va amaldorlar xonadoni hunarmand-dehqonlar xonadonidan keskin farq qilgan. Hunarmandlar uyining Tashqarisida ustaxona, omborxona va ko’chaga qaragan savdo do’koni bo’lgan.