TASMACHISOY
TASMACHISOY (Tasmanchisoy, O’rtabuloq; yuqori va o’rta oqimida Jizmonsoy) — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqdaryoning irmog’i. Uzunligi 38 kilometr, havzasining maydoni 33 kilometr kvadrat. Oqtov tizmasining Janub yon bag’ridagi buloqdan boshlanadi. Qor-yomg’ir suvlari, qisman buloqlardan to’yinadi. Tasmachisoy suvi sug’orishga sarflanadi. Navandak qishlog’idan quyiroqda soy har yili qurib qoladi. Murdash qishlog’i yonida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi, 0,099 m3/sek, oqim moduli 3,0 l/sek.km2. Eng ko’p sutkalik suv sarfi martda, suv toshqini mart — aprelda kuzatiladi.