TASMANIYALIKLAR

TASMANIYALIKLAR – Tasmaniya orolining tub aholisi, daydi ovchi qabilalar. 1806-76 yil mobaynida ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay qirib tashlangan. Taxminiy baholarga ko’ra, 19-asr boshida Tasmaniyaliklarning soni bir necha ming kishi bo’lgan. Xo’jaligi, texnikasi, madaniy taraqqiyoti jihatidan ular 19-asrda yer yuzidagi eng qoloq etnik guruhlardan biri sanalgan. Tasmaniyaliklarning qabilaviy tillari va lahjalari, ularning ijtimoiy tuzumi, etnogenezi deyarli o’rganilmagan. Tasmaniyaliklarda diniy e’tiqodlar mavjudligi haqidagi ma’lumotlar ham munozarali.