Tasmasimon poydevorlarning plitalari
Tasmasimon poydevorlarning plitalari – bino va inshootlarning tasmasimon poydevorlari uchun yig’ma temir-beton plitalar bo’lib, ular havoning hisobiy harorati minus 40C gacha bo’lganda va 9 balli hisobiy seysmikda quruq va suvga to’yingan gruntlarda qo’llashga mo’ljallangan. Bunday plitalar siqilishdagi mustahkamligi bo’yicha sinfi B10, muzbardoshligi bo’yicha F75, suv o’tkazmaslik bo’yicha markasi W 2 bo’lgan og’ir betondan tayyorlanadi. Bo’ylama zo’riqtirilgan armatura sifatida AIII, VI sinfdagi po’latlar qo’llaniladi.