Tastibutoq qabristoni

Tastibutoq qabristoni – jez davriga oid yodgorlik (miloddam avvalgi 13-12-asrlar). G’arbiy Qozog’istondagi Tastibutoq daryochasi sohilidagi Tastibutoq ovuli yaqinidan topilgan. 3 yodgorlikdan iborat. Tastibutoq I va II qabriston, Іііesa, manzilgoh. Arxeolog V.S.Sorokin qazishma ishlari olib borgan (1956-58). 57 ta qo’rg’on ochilgan, yuzga yaqin qabr qazilgan, ularning 10 tasi tosh qutidan, qolganlari esa yorma go’rlardan iborat. Qabrlardan sirtiga chizikli geometrik shaklda naqsh berilgan sopol idishlar, jez munchoqlar, bilaguzuklar, pichoqlar, bigizlar va turli taqinchoqlar topilgan. Aholi chorvachilik, qisman ibtidoiy dehqonchilik bilan shug’ullangan. Tastibutoq qabristonidan chiqqan materiallar uning Andronovo madaniyatining mansub qabilalar bilan genetik jihatdan birligini ko’rsatdi.