Tatarlar

Tatarlar — xalq, Tataristonning asosiy aholisi (1765 ming kishi, 1990-yillar o’rtalari). Rossiya Federatsiyasining Boshqirdiston, Mari Respublikasi, Mordoviya, Udmurtiston, Chuvashiston respublikalari, Nijniy Novgorod, Kirov, Penza va boshqa viloyatlarida ham yashaydi. Shuningdek, turkiy tilda so’zlashuvchi Sibir (Sibir Tatarlarlari), Krim (Qrim tatarlari) va boshqa qavmlarni ham Tatarlar deb atashadi. Umumiy soni — 6,71 million kishi. Rossiya Federatsiyasidagi umumiy soni (Qrim Tatarlaridan tashqari) 5,52 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Tatar tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanadi. Birinchi marta «Tatarlar» etnonimi 6— 9-asrlarda Baykal ko’lining Janubiy Sharqiy sohillarida yashovchi ko’chmanchi mo’g’ul qabilalari orasida uchragan. Mo’g’ullar istilosi davri (13-asr)da «Tatarlar»nomi Yevropaga ma’lum bo’lgan. Turkiy tilli qabilalarning Ural yoni va Volga bo’yiga kirib borishi milodiy 3— 4-asrlarga to’g’ri kelib, gunshar va boshqa qabilalarning Sharqiy Yevropaga istilosi davri bilan bog’liq. Tatarlar ugorfin xalklari bilan aralashib ketgan. 5— 7-asrlarda turkiy kabilalar Turk xoqonligi bosqini munosabati bilan G’arbiy Sibir, Volga bo’yi va Ural yoni mintaqalariga kayta kirib kelishgan. 7— 8-asrlarda Azov bo’yidan Volga bo’yiga bulg’orlar kelib, turkiylar va mahalliy ugorfinlar bilan birga Volgakama Bulg’oriyasi davlatini tuzganlar. 15— 16-asrlardagi davlatlar (Qozon, Astraxon, Krim, Sibir va boshqa xonliklar) davrida Tatarlarning alohida guruhlari — O’rta Volga bo’yi va Ural yoni (Kozon Tatarlari, misharlar), Astraxon Tatarlari, Sibir Tatarlari, Krim Tatarlari va boshqa Tatarlar shakllana boshlagan.