TAY TILLARI

TAY TILLARI — qarindosh tillar oilasi; Hindixitoy yarim orolida (Tailand, Laos, Vetnam, birma) va Janubiy Xitoy hamda shimoliy Sharqiy Hindistonning unga tutash hududlarida tarqalgan va ularda 80 millionga yaqin kishi so’zlashadi. Tay tillarining genealogik qarindoshligi xususida 2 xil faraziya mavjud bo’lib, ularning birinchisiga ko’ra ushbu tillar xitoytibet timarita, ikkinchisiga ko’ra esa avstronez tillari oilasiga mansub. Lekin har ikkala faraziya ham hozirgacha to’liq tan olinmaganligidan Tay tillarining o’zini alohida oila deb hisoblash mumkin. Tay tillari asosan quyidagi guruhlardan iborat: 1) haqiqiy Tay tillari; bularning o’zi 3 guruhga bo’linadi: Janubiy g’arbiy [tay (siyom), Laos, tan, khamti axom, yuan, kxin va boshqalar]; Markaziy [tay (txo), nung, Chjuan (Jan. lahjalari)]; shim. [Chjuan (shim. lahjalari), bui]; 2) dunshuy tillari (dun, shuy, MAK, txen); 3) sek; 4) lakkya; 5) be; 6) li tillari; 7) lakua; 8) laki; 9) Gelao tillari. Barcha Tay tillari tipologik jihatdan o’zaro yaqin hamda amorf tillart mansubdir. Ko’pchilik tay yozuvlari hind yozuvidan kelib chiqqan (ular muayyan shakliy xususiyatlariga ko’ra kxmer yozuvi guruhi, birma yozuvi guruhi deb ajratiladi). Xitoy va Vetnamdagi ba’zi Tay tillari (Chjuan, dun, li; tay, nung) uchun 20-asrning 2-yarmida lotin grafikasi asosida yozuvlar yaratilgan. Ushbu tillar oilasida ahamiyati va tarqalishiga ko’ra haqiqiy tay tili 1-o’rinda turadi. Bu til ba’zi adabiyotlarda kxon tay yoki siyom tili deb ataladi, asosan Tailandda tarqalgan. Unda 40 millionga yaqin kishi so’zlashadi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qo’llanadi. Tailand Qirolligining rasmiy tili, shu bilan birga, shu mamlakatdagi xitoylik, vetnamlik, malayyaliklar va b. uchun millatlararo muomala tili xisoblanadi. 4 ta asosiy laxjasi bor: Markaziy, Janub, shimol va shimoliy Sharqiy. Ular fonetik, qisman leksik jihatdan o’zaro farqlanadi. Adabiy til Bangkok aholisi so’zlashadigan Markaziy lahjaga asoslangan. Tipologik jihatdan boshqa barcha Tay tillari singari amorf til hisoblanadi. Fonetik tizimi 20 undosh va cho’ziqlik-qisqalik jihatdan qarama-qarshi qo’yiladigan 24 unli (6 tasi diftong) fonemadan iborat. Bo’g’inlar ma’lum ohang (ton)larda talaffuz etiladi. Ma’no farqlovchi 5 ta ohang mavjud. So’z yasalishi asosan so’z qo’shishdan iborat. Morfologiyasi analitik xususiyatga ega. Adabiy til xalq so’zlashuv tili asosida hozirgi Tailandning shimol qismida 13— 14-asrlarda shakllana boshlagan. Janubiy hind yozuvidan kelib chiqqan qadimgi kxmer yozuvi tay yozuviga (1283 yil) asos bo’lgan.