TAYVAN BO’G’OZI

TAYVAN BO’G’OZI – Osiyo materigining Sharqiy qirg’og’i bilan Tayvan oroli oralig’idagi bo’g’oz. Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarini birlashtirib turadi. Uzunligi 398 kilometr, eng kambar joyining eni 139 kilometr, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 8,6 metr. Tayvan bo’g’ozida Penxuledao orollari bor. Yirik portlari: Gaosyun, Fuchjou va Syamin.