TEKSTOLIT

TEKSTOLIT — plastik material. Ipgazlama qatlamlariga sintetik smolalar shimdirish va 150° temperaturada katta bosimda presslash yo’li bilan tayyorlanadi. Mexanik mustahkamlik va dielektrik xossalari yuqori; suvdagi organik eritmalarga chidamli. Solishtirma og’irligi 1,36—1,4. Brinell bo’yicha qattiqligi 20-40 kg/mm2; egilishga mustahkamligi 130-170 MPa, elektrik mustahkamligi 27-45 kv/mm. Mexanik ishlov berish oson. Ipgazlama asosidagi Tekstolitdan tashqari, shishat. (shisha tolali), asbotekstolit (asbest tolali), organotekstolit (sintetik tolali) Tekstolitlar ham bor. Tekstolit list, sterjen va quvurlar ko’rinishida ishlab chiqariladi. Tekstolit roliklar, shovqinsiz shesternyalar, podshipniklarning vkladshilari, shkivlar, qistirmalar va b. tayyorlashda, kemalar korpusini yasashda, raketalarning issiqlik izolyatsiyasi sifatida ishlatiladi.