Tektonik xaritalar
Tektonik xaritalar – er po’stining strukturasini tasvirlovchi, Erni butunicha yoki uning asosiy rivojlanish etaplarini alohida regionlar doirasida aks ettiruvchi xaritalar. T.x. geofizik va b. ma’lumotlardan foydalanib, geologik xaritalar asosida tuziladi. T.x.ni 2 asosiy toifaga: strukturaviy va xususiy T.x.ga bo’lish qabul qilingan. Struktura xaritalari tektonik strukturalarning morfologiyasini aks ettiradi, T.x. esa morfologiyadan tashqari shu strukturalarning shakllanish tarixini, ularning rivojlanish bosqichlari va davrlarini ochib beradi, magmatizmning tektonika bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Xususiy T.x. orasida bir necha xil xaritalar farq qilinadi: oddiy tektonik, paleotektonik, mavzuli va ixtisoslashtirilgan (mas., seysmotektonik) xaritalar. Ushbu xaritalardan har biri obzorli (1: 2000000vakichikroq)varegional (odatda, 1:200000 dan 1:1000000 gacha) xaritalarga bo’linadi. T.x. avval kichik masshtabli tektonik sxemalardan foydalanilgan. Shunday sxemalardan dastlabkisi Frantsiya va Shveytsariyaning yura tog’lari tektonik sxemalaridir (A. Gresli, 1838). 19-a.ning oxiri — 20-a.ning boshlarida E.Zyuss, F. Kosmat, M. Bertran va b.ning asarlarida shunga o’xshash sxemalar juda keng tarkalgan. Rossiyada 1930ylarda A.D.Arxangelskiy, N.S.Shatskiy, D.V.Nalivkin va b. kichik masshtabdagi tektonik sxemalar tuzishgan. 20-a.ning 2yarmidan boshlab umuman er yuzi, ayrim materiklar, mamlakatlar (Rossiya, XXR, Polsha, Chexiya, AQSh, Kanada, Avstriya, Venesuela, Meksika, Turkiya va b.)ning T. x. nashr etildi. Dunyo xaritasi bo’yicha Xalqaro komissiya qoshida rus olimlari boshqaruvida T.x. bo’yicha kichik komissiya tuzilgan bo’lib, ular tomonidan Evropa va dunyo T.x. (1980) tuzidtsi. Materiklar va yirik davlatlarning T.x. esa 1:1000000 — 1:2000000 masshtabda, ayrim regionlarning T.x. esa 1:250000 — 1:500000 masshtabda tuziladi. Turli masshtabdagi T.x.da strukturalarning morfologiyasi, rivojlanish tarixi va genezisi, tektonik rejim va uning vakt davomida o’zgarishi mumkin qadar to’laroq aks ettirilishi kerak. T.x.da struktura shakllari bilan birgalikda cho’kindi va magmatik jinslarning formasiyasi, metamorfizm fasiyalari tasvirlanadi. T. x.da er po’stining ma’lum bir uchastkasiga oid tektonik ma’lumotlar sintezi sifatida tektonik rayonlashtirish o’z ifodasini topadi. Hozirgi T.x.da ajratilgan tektonik birliklarning (tabiiy tektonik rnlar uchun) asosiy belgilari burmalanish yoshi va tektonik rejimlar (evgeosinklinal, miogeosinklinal, orogen va b.)dir. Maxsus T.x.da ayrim tektonik elementlargina tasvirlanadi. Foydali qazilmalarning bashoratlash xaritalarini tuzish va qidiruv ishlarini rejalashtirishda T.x.dan keng foydalaniladi.