Telefon apparati
Telefon apparati – abonentlarning gaplashishi uchun mo’ljallangan elektrakustik apparata; telefon tarmoqlarinnsh oxirgi abonent qurilmasi, amalda qo’llanilgan birinchi uzatishqabul qilish qurilmasini 1876 yilda shotland ixtirochisi A. G. Bell ixtiro qilgan. Keyinchalik turli mamlakatlarning ixtirochi va olimlari uni takomillashtirgan. Telefon apparati gaplashiladigan qism (telefon va mikrofon, bular umumiy korpus, ya’ni trubkaga birlashtiriladi), abonentni chaqiruvchi qism (diskli yoki tugmachali raqam tergich, ya’ni signal qo’ng’irog’i) va kommutasiya qurilmasi (apparatning chaqiruvchi qismini gaplashish kismiga ulaydi)dan iborat. Telefon apparatilarning hammasi mexanoavtomatik rejimda ishlaydi (ya’ni raqam terish mexanik, abonentlarni ulash avtomatik tarzda amalga oshadi). Abonentlarga «o’zi» javob beradigan, ularning telefon raqamlarini magnit xotiraga qayd qiladigan avtoraqam tergichli avtomat Telefon apparatilar ham mavjud. Mikrofon zanjirini o’zgarmas tok bilan ta’minlash usuliga ko’ra, mahalliy batareyali va Markaziy batareyali (telefon styaning Markaziy batareyasiga ulangan) Telefon apparati farqlanadi. Oddiy Telefon apparatlardan tashqari, shaxtalarda ishlatiladigan (portlash xavfi yo’q), dispetcherlik, Taksofon (avtomattelefon)lar, uyali telefon va boshqa Telefon apparatlar ham bor. Boshqarish pulti va televizion bloki bo’lgan. Telefon apparati videotelefon deb ataladi. Bunda abonentlar bir-birini ko’rib turadi, rasm, fotosurat, matn va boshqalarni ko’rish mumkin bo’ladi.