Telegraf tarmog’i

Telegraf tarmog’i – oxirgi (abonent) punktlardagi telegraf qurilmalari (telegraf apparatlari), telegraf styalari hamda bu punktlar va styalarni birlashtiruvchi telegraf aloqa kanallari majmui. T.t. kanallari bo’yicha telegraf aloqa amalga oshiriladi. T. t.ning ichki (bir mamlakat hududida) va xalqaro (teleks); kommutasiyalanuvchi (q. Kommutasiya) va kommutasiyalanmaydigan (doimiy biriktirilgan); umumiy foydalanilgan (u bo’yicha telegrammalar uzatiladi); abonent telegraflash; idoraga tegishli (mas., t.y. transporti, fukaro aviasiyasi va b.); faksimil aloka (fototelegraf) turlari bor. T.e. magistral tarmoqlar (mamlakatlar, o’lkalar va viloyatlararo aloqa uzellari), hududiy yoki viloyatlararo (viloyatlar yoki tumanlar aloqa uzellari orasidagi) va mahalliy (oxirgi punktlar orasidagi) tarmoklarga bo’linadi. Har qaysi hududda bosh (asosiy) uzel, viloyat va tuman aloka uzellari bo’ladi. T.t. mamlakat yagona avtomatlashtirilgan aloqa tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.