Telemarkaz, televizion markaz
Telemarkaz, televizion markaz — televizion dasturlarni tayyorlash va uzatish uchun mo’ljallangan inshootlar va texnika vositalari majmui. Asosiy tarkibiy bo’linmalari — apparatstudiya kompleksi; ko’chma televizion styalar va Kuchma videoyozuv Apparatxonadagi jihozlar. styalari. Apparatstudiya kompleksiga telestudiya, texnik apparatxonalar (telestudiya joylashgan televizion kameralardan keladigan videosignallarni kuchaytiruvchi va o’zgartiruvchi jihozlar bo’ladi), rejissyorlik xonalari (videonazorat qurilmalari bo’ladi), telekinoproektsion apparatxonalar (telekinouzatkichlar bo’ladi) va videoyozuv apparatxonalari kiradi. T.da yoritish tsexi, boshqa tsex va qo’shimcha xizmatlar (pardozxonalar, kiyim tanlash xonalari, musiqa tanlash xizmati va b.) bo’ladi. T. dan uzatiladigan teledasturlar televizion styaga tushadi, bu stya teleminorada joylashgan antennasi orqali tasvir va tovush signallarini efirga uzatadi. Teledasturlarni rangbarang qilish, bezash ishlarida dizayn, kompyuter grafikasidan keng foydalaniladi. T.da xususiy televizion dasturlar tayyorlash bilan birga xalkaro aloka vositalari orqali boshqa shaharlarning teledasturlarini ham qabul qilib, retranslyasiya qilish mumkin. O’zbekistonda Toshkent va Nukus shaharlarida hamda barcha viloyatlarning markazlarida T. bor. Eng yirik T. — O’zbekiston Respublikasi Telemarkazi Toshkent sh.da joylashgan. U 1956 y.da tashkil qilingan. Uning asosiy vazifasi O’zbekiston televideniesi kanallari tomonidan tayyorlangan ko’rsatuvlarni texnikaviy jixatdan ta’minlab efirga uzatishdan iborat. Markaz bir kechakunduzda 52 soat ko’rsatuvlarni efirga uzatishni ta’minlaydi. Yangi raqamli Markaziy apparatxona va umumiy maydoni 600m2 bo’lgan 5 kamerali studiya qayta jihozlanib ishga tushirildi, 8, 6 va 4 kamerali raqamli ko’chma televizion stya mavjud (2004).