Telemetriya

Telemetriya (tele… va … metriya) — kuchlanish, tok kuchi, quvvat, bosim, temperatura, sath, uchish balandligi, organizmnng biologiya ko’rsatkichlari, meteorologik ma’lumotlar va boshqa kattaliklarni telemexanika vositalari orqali masofadan turib o’lchash. Bevosita o’lchash ishlari datchik yordamida amalga oshiriladi; olingan ma’lumotlar avtomatik tarzda (odatda kodlangan radiosignallar ko’rinishida) aloqa kanallari bo’yicha qabul qilish qurilmasiga uzatiladi. Bu erda ma’lumotlar qayd qilinib, ishlab chiqiladi. Radiokanal bo’yicha amalga oshiriladigan Telemetriya radiotelemetriya deb ataladi. Telemetriya meteorologiya, tibbiyot, kosmonavtika, energetika va boshqa sohalarda qo’llanadi.