Telenomuslar
Telenomuslar (Telenomus) pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlarning urug’i; yaydoqchi tuxumxo’rlar. 8 turi ma’lum. Uzunligi 0,7— 1,5 millimetr, qora tusli. Asosan Kavkaz va O’rta Osiyoda tarqalgan. Lichinkasi o’simlik qandalalari, pashsha va kapalaklar, xasva tuxumida, parazitlik qiladi. Odatda, bir tuxumda bir, ba’zan ko’p (6— 16) parazit 2 haftadan 1,5 oygacha rivojlanadi. Ayrim turlari bir yilda 10 marta nasl beradi. Telenomuslardan o’simliklarni himoya qilishda zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullarida foydalaniladi.