Telepatiya

Telepatiya (tele… va Yun. pathos — sezish, his qilish) — fikr va histuyg’ularni sezgi organlari ishtirokisiz masofaga uzatish hodisasi. Ba’zi manbalarda axborot uzatuvchi bilan uni qabul qiluvchi o’rtasidagi o’zaro fikriy muloqotga T. deyiladi. T. vaqg va fazo jihatdan insondan uzoklashgan, bevosita idrok qilish imkoni bo’lmagan hodisalarni sezish (his qilish) qobiliyati to’g’risidagi ta’limotdir. Insondagi T. qobiliyatining ilmiy echimi hali topilmagan. U hakda turli qarashlar, talqinlar mavjud. Fikrni sezgi organlari yordamisiz, ma’lum fizikaviy muhitsiz ham masofaga uzatish mumkin degan yondashuv bor. Ba’zi psixologlar odamlarda bunday xususiyat bo’lishini tasdiklasalar, boshqalari unga shubha bilan qaraydilar, hatto inkor kiladilar. Ondasonda uchrab turadigan T. hodisasi umumpsixologik qonuniyatga ega emas. Shu bois, hoz. zamon ilmiy psixologiyasida telepatik qobiliyatning insonlarda mavjudligi borasida eksperimental ma’lumotlar to’planmagan. Kelajakda T. bo’yicha chuqur i.t.lar o’tkazilmasa, u parapsixologiya voqeligi sifatida qolib ketaveradi. Ergash G’oziev.