Televizion kamera, telekamera
Televizion kamera, telekamera —ob’ektning optik tasvirini tasvirning uzoqqa uzatish mumkin bo’lgan elektr signallari (videosignallar)ga aylantirib beradigan apparat. Televizion ko’rsatuvlar (telestudiya va telestudiyadan tashqaridan uzatiladigan, diktorlik va b.) hamda sanoat (shu jumladan, suv osti) T.k.lari farq qilinadi. Oqqrra varangli televidenie uchun mo’ljallangan T.k.lar bor. T.k.ning asosiy qismi fotoelektron o’zgartirgich, ya’ni uzatuvchi televizion trubka. Videosignallar ana shu trubkada shakllanadi. T.k.ning boshqa qismlari: ob’ektiv, videokuchaytirgich va satrlarni yoyish generatori. Televizion ko’rsatuvlar uchun mo’ljallangan T.k. kineskopli videoqidirgich kurilma bilan ta’minlanadi. Bu qurilma teleoperatorning ob’ektni ko’rib turishi va nazorat qilishiga imkon beradi. Rangli televidenie uchun mo’ljallangan T.k.da yorug’lik oqimi maxsus prizmalar yoki ko’zgular bilan turli sohalarga ajratiladi. Telestudiyada yoki Kuchma televizion styada, odatda, bir nechta T.k. bo’ladi. Telerejissyor televizion ko’rsatuv stsenariysiga Moe ravishda ularni uzatuvchi kameraga galmagal ulab turadi.