Televizion minora

Televizion minora – radio televizion uzatish styasi; televidenie, radioeshittirish, radiotelefon va radiorele aloqasi antennalari o’rnatiladigan tayanch. Balandligi televizion styaning ta’sir radiusiga va uzatuvchi televizion antennaning soni hamda o’lchamiga qarab belgilanadi. T.m. kanchalik baland bo’lsa, antennalarning ta’sir doirasi shunchalik keng bo’ladi. T.m.ga bir nechta televizion antennalardan tashqari ultraqisqa to’lqinli radioeshittirish antennalari, radioreleli aloqa, ko’chma radiotelefon antennalari o’rnatilishi mumkin. Ba’zan T.m.ga meteorologik kuzatish asboblari ham o’rnatiladi. T.m. metall (po’lat) yoki temirbetondan turli me’moriy echimlarda quriladi. Katta shaharlardagi T. m.larning ko’pida shahar manzarasini kuzatish uchun maydoncha, kafe yoki restoran bo’ladi. Minora ichiga barcha kommunikasiya vositalari, yukrrigi ichki qismiga radiouzatkich va b. elektron jihozlar joylashtiriladi. Dunyodagi eng baland T.m.lardan biri Ostankino (Moskva)dagi television texnika markazidir (533,3 m, 1967). Kanadadagi Toronto T.m.si dunyodagi eng baland minora hisoblanadi (550 m, 1974). Tokioda 600 m li T.m. qurishga kirishildi (2004 y.). Toshkentda 2 ta T.m. bor (180 m, 1956; 375 m, 1985) (q. Toshkent televizion minorasi).