Televizor
Televizor (tele… va lot. viso — qarayman) — telestudiyadan uzatiladigan teleeshittirishlarning elektr signallari (telesignallar) ni Kabul qilish, kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirish uchun mo’ljallangan radioelektron qurilma. Rangli va oqqora, stasionar va Kuchma xillari bor. Televizion markazdan tarkatilgan elektr signallarini to’lqinlarni qabul qiluvchi antenna tutib, kabel orkali T. ga uzatadi. Bunda tebranishlar kuchayadi, tasvir va tovush signallariga ajraladi, so’ngra kineskop va radiokarnayga o’tadi. Generatorlar (satr yoyish va kadr yoyish generatorlari) vositasida kineskop ekranida televizion rastr hosil qilinadi. Oqqora T.da tasvir signallari qora va yorug’elementlar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Qabul qilinadigan dasturlar soniga qarab, T.lar bir, uch, besh, o’n ikki, o’ttiz bir va b. kanalli bo’ladi. T. da qabul qilish uchun metrli to’lqinlar diapazonida ishlaydigan televizion kanallardan foydalaniladi. Desimetrli diapazondagi dasturlarni qabul qilish uchun T.larga alohida moslama — konvertor qo’yiladi. U desimetrli signalni qabul qilib, chastotasini birinchi, ikkinchi yoki boshqa televizion kanal chastotasiga moslab beradi. T.larning tuzilishi standartlashtirilgan. Ularning soddalashtirilgan sxemasi kanalning almashlab ulash bloki, tasvir va ovoz kanallari, sinxronlash kanallari, yoyuvchi blok va elektr quvvati bilan ta’minlovchi blokdan iborat. Telestudiyalar bir necha dasturni bir vaqtda uzatadi. Ulardan keragini ko’rish uchun T. da sozlash blokidan foydalaniladi. Bu blok yuqori chastotali kuchaytirgich bilan tutashtirilgan bo’ladi. Tasvir va tovush signallari bir-biridan farq qiladigan chastotalarda uzatilganligi uchun bu signallar kuchaytirilganidan so’ng yuqori chastotali tebranishlar ajraladi va boshqaboshqa mustaqil kanallar bo’yicha ketadi. Tovush signallari tebranishlari tovush blokiga tushadi. Tasvir blokida detektor yuqori chastotali tebranishlardan tasvir signallarini ajratib oladi. Rangli T.larning tuzilishi ancha murakkab, ular oqqora T.lardan ranglar kanali bloki va rangli kineskopi bilan farq qiladi. Rangli televidenie tizimi 3 kanalli bo’ladi. Monoxrom tashkil etuvchilar — kizil (q), ko’k (K) va zangori (3) ranglar rang qorgichida aralashadi, so’ngra uzatgich modulyatoriga o’tadi. Tebranishlar qabul qilgichda qaytadan 3 chastota (q, K va 3) kanaliga bo’linib, rangli kineskopga o’tadi. Sifat ko’rsatkichlari, ekranining o’lchami va foydalanishga qulayligi bo’yicha T. 4 sinfga bo’linadi: I — III sinfdagisi — stasionar T.lar, IV sinfdagisi — portativ (ko’chma) T.lar. Odatda, T. bosma montajdan keng foydalanilgan alohida konstruktiv bloklardan tuziladi. Tlarda, asosan, yarim o’tkazgichli asboblar, integral platalar, tranzistorlar qo’llaniladi. Ekrani tekis va elektrolyuminoforda ishlaydigan, juda katta va mitti ekranli T.lar yaratilgan.