Telezio

Telezio (Telesio) Bernardino (1509 — Kozentsa — 1588.2.10) — italyan faylasufi. Neapol shahrida tabiatni tajriba asosida o’rganuvchi akademiyaga asos solgan. Uytonish davri tabiiy ilmiy empirizmining asosiy vakillaridan biri. Tabiat rivojiga ilohiy kuchning bevosita ta’sirini inkor etgan. Narsalarning o’zini o’zi saqlab qolishga bo’lgan intilishini butun borliqni harakatga keltiruvchi kuch, o’zini takomillashtirib borishini esa — maqsad deb hisoblagan. «Narsalarning o’z qonunlariga ko’ra tabiati to’g’risida» asarini yozgan (1565). Unda ilk yunon naturfalsafasi an’analariga qarshi chiqqan. T. Kampanella, Bruno, Dekart, F. Bekonga jiddiy ta’sir ko’rsatgan.