Telishevskiy Isidor Abramovich

Telishevskiy Isidor Abramovich (1910.16.12 Toshkent 1976.22.2) — dermatovenerolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974), tibbiyot fanlari doktori (1966), professor (1967). Toshti ni tugatgan (1935). O’zbekistonda teri va tanosil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida kichik (1935-37) va katta (1937-43) ilmiy xodim, direktor (1943-47), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti teri va tanosil kasalliklari kafedrasi dotsenti (1947-66), 1966 yildan mudiri va professor. Ilmiy ishlari dermatozlarni davolashga oid. Teri kasalliklarini Chortoq mineral suvi bilan davolash ustida tadqiqot ishlari olib borgan.