Temin (Temin) Xouard Martin

Temin (Temin) Xouard Martin (1934.10.12, Filadelfiya) — amerikalik virusolog. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi hamda San’at va fanlar akademiyasi a’zosi. Suortmore kollejini tugatgan (1955). Kaliforniya texnologiya institutida falsafa doktori (1959). Viskonsin shtatidagi Madison universitetida onkologiya professor (1969 yildan). Ilmiy izlanishlari eksperimental embriologiya, hayvonlar virusologiyasiga oid. RNKdan DNKga irsiy ma’lumot o’tkazish (transkripsiyami ta’minlovchi teskari transkriptiza fermentini kashf qilgan (1970). Hujayra irsiy ashyosining o’sma viruslari bilan ta’sirlashuviga bog’liq kashfiyot, ya’ni provirus nazariyasi muallifi. Nobel mukofoti laureati (1975, D. Baltimor va R. Dulbekko bilan hamkorlikda).