Temir-beton qurilma o’zagi

Temir-beton qurilma o’zagi – temir-beton qurilmalarning ajralmas tarkibiy qismi (po’lat o’q yoki simli) bo’lib, o’zining vazifasi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi: tashqi kuch va ta’sirdan, qurilmaning o’z og’irligidan vujudga keluvchi, hamda dastlabki zo’riqtirilgan, asosan cho’zuvchi (ayrim hollarda siquvchi) kuchni o’zlashtiruvchi ishchi o’zak; sinchda o’qlarni birgalikda ishlashini ta’minlaydigan, kuchlanishni o’zaro teng taqsimlashga imkon beradigan qilib ishchi o’zak bilan payandlash yoki bog’lash yo’li bilan mahkamlovchi-taqsimlovchi (qurilmaviy) o’zak; sinchlar yig’ilayotganda ishchi o’zak alohida o’qlarni ushlab turuvchi va ularni loyihaviy holatda o’rnatilishiga imkon beruvchi-yig’uv o’zagi; qurilmalar betonidagi (xarilar, sorrovlar, ustunlar va boshqalar) qiyshiq yoriqlarni yo’qotish va shu qurilmalar uchun alohida o’qlardan o’zak sinchlar yasash uchun qo’llaniladigan xomutlar.

Fikr bildirish