Temir nega zanglaydi?

Agar temirdan yasalgan qandaydir bir narsa-buyum nam va qo’l joyga bir necha kunga tashlab qo’yilsa, bamisoli qizg’ish rangga bo’yalganday, zanglab qoladi. Zang nima degani o’zi? Nega u temir va po’lat buyumlarga tushadi? Zang — temir oksidi. U temirning suvda erigan kislorod bilan birikuvi paytida «yonishi» natijasida hosil bo’ladi. Bu narsa shuni anglatadiki, demak havoda nam va umuman suv bo’lmasa, kislorodning erishi ham yuz bermaydi va, pirovardida, zang ham hosil bo’lmaydi. Agar yomg’ir tomchisi yarqirab turgan temirning sirtqi tomoniga tushsa, u biroz muddat ichida shaffof tovlanib turadi. Keyin yomg’ir tomchisida mavjud kislorod va temir o’zaro ta’sirga kirishadi va oksidlanish, ya’ni yomgir tomchisi ichida zanglash vujudga keladi. Suv qizg’ish tusga kiradi va zang suvda mayda zarralar tarzida suzib yuradi. Yomg’ir tomchisi bug’langach, zang temir sirtida qizg’ish qatlam tarzida namoyon bo’ladi.