Temir yo’l

Temir yo’l — 1) yo’lovchi va yuklarni tashiydigan, texnika vositalari va inshootlari (poezdlar, vagonlar, styalar, avtomatika va telemexanika qurilmalari dispetcherlik xizmati va b.) majmui bilan jihozlangan transport korxonasi. Vazifasiga qarab, umumiy foydalaniladigan (magistral); sanoat transporti, ruda konlari va b. joylarda ishlatiladigan; shahar t.y. (tramvay, metropoliten); izlari oralig’ining kengligiga qarab, keng izli va tor izli bo’ladi. Relslar oraligi 1676 mm (Hindiston, Ispaniya, Argentina, Chili va b.), 1520 mm (Rossiya, O’zbekiston va b.), 1435 mm (Evropaning ko’pchilik mamlakatlari, Kanada, AQSh), 1067 mm (Yaponiya, Indoneziya va b.); 2) t.y. transporti qatnaydigan relsli iz; ustki qurilma, er polotnosi va sun’iy inshootlardan iborat. Ustki qurilma relslar, rels birikmalari, strelkali o’tkazgichlar, shpal, bruslar va ballast qatlamlaridan iborat. Er polotnosi ko’tarma va o’ymalardan iborat bo’lib, yo’l ustki qurilmasiga zamin bo’lib xizmat qiladi. Sun’iy inshootlarga T.y. ko’priklari, tonnellar, viaduk, drenaj quvurlari, tirgak devorlar va b. kiradi. T. y. yoqalab yo’l belgilari (kilometrlar, piketlar va shu kabilar) o’rnatiladi (yana q. Temir yo’l transporti).