Temir yo’l stantsiyasi
Temir yo’l stantsiyasi – temir yo’l poyezdlarini jo’natish va qabul qilish uchun mo’ljallangan korxona. Unda temir yo’l tarkibi va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatiladi, yuk va bagajlar qabul qilinadi, ortiladi, tushiriladi, vagonlardan poyezdlar tuziladi va hokazolar. Vazifasiga qarab — oraliq, uchastka, saralash, yuklash va yo’lovchilar chiqarish; ish hajmi va murakkabligiga qarab — sinfsiz (ish hajmi katta va texnik jihozlanish darajasi yuqori bo’lgan) va 1 — 5 sinfli xillarga bo’linadi. Temir yo’l stantsiyasi tarkibiga yo’llar, vokzallar, xizmat-texnika binolari, platformalar, saralash tepaligi, aloqa turlari va boshqalar kiradi.