Temirova Muyassar

Temirova Muyassar (1941.2.2, Buxoro tumani Shergiron qishlog’i) — zardo’z, O’zbekiston qaxramoni (1995), O’zbekiston xalq rassomi (1972). 1959 y.dan Buxoro zardo’zlik fkasi (hoz. Buxoro «zardo’z» aktsiyadorlik jamiyami) aa usta, tsex boshlig’i, bo’lim boshlig’i; 1994 y.dan yuksak badiiy buyumlar tayyorlash bo’limining katta ustasi. Zardo’z M. Ahmedovaga shogird tushib, an’anaviy zardo’zlik san’atini puxta egalladi. T. egallagan malakasini ish faoliyatida mahorat bilan qo’llab, zardo’zlik san’atini nozik did bilan tayyorlangan san’at durdonalari bilan boyitdi: an’anaviy zardo’zi buyumlar (do’ppi, to’n, kavush va b.) uchun yangi naqsh mujassamotlar yaratdi. T. ayollarning zardo’zi libosi majmuini tayyorladi (1970, Yaponiya EKSPO 70 ko’rgazmasida namoyish etilgan), yangi zamonaviy badiiy buyumlar ijod etdi; yirik zardo’zi namoyonlar yaratishga boshchilik qildi va bu sohada faol ijodiy faoliyat olib bordi. Jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Alisher Navoiyning 525 yilligiga bag’ishlangan zardo’zi namoyonlar, Xalqlar do’stligi va «Turkiston» san’at saroilarining zardo’zi pardalari va b. T. O’zbekiston Respublikasi bayrog’i va gerbi, O’zbekistondagi tarixiy shaxslarning zardo’zi portretini yuksak mahorat ila yaratdi. T. ko’plab shogirdlar (200 dan ortiq) tayyorladi. T. tayyorlagan ishlari bilan 1972 y.dan respublika va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadi, u yaratgan badiiy buyumlardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va to’plamlarida saqlanadi.