TEMPERASIYA

TEMPERASIYA (lot. temperatio — to’g’ri nisbat, mutanosiblik) — musiqa tovushqatori pog’onalari orasidagi intervallar nisbatlarini tekislash. Tovushlarning balandpastlik munosabatlarini qisman o’zgartirish bilan T.gaerishiladi. 16— 18-a.lardagag’>moniya hamda ko’p ovozli musiqa janrlari rivoji natijasida hozirgi 12 pogonali teng o’lchovli T. yuzaga keldi (M. Mersenn, A. Verkmeyster, I. Neydxart va b.). Mazkur T.dan ilk bor I.S. Bax o’zining «yaxshi temperasiyalangan klavir» (1722-44) va «Fuga san’ati» (1750) turkumlarida, keyinchalik P. Xindemit «tonalliklar o’yini» (1940) va b., O’zbekistonda G. Mushel ham «24 ta prelyudiya va fuga» (1975) kabi asarlarida yuksak badiiy darajada foydalanishgan.