TEMPERATURA INVERSIYASI
TEMPERATURA INVERSIYASI (atmosferada) — atmosferaning biror qatlamida balandlikka qarab havo trasining ortib borishi. Inversiya katlami shiddati uning quyi chegarasi balandligi, vertikal kalinligi va inversiyaning chuqurligi, ya’ni yuqori va quyi chegaralari orasidagi tra farqi bilan ifodalanadi. Inversiya troposferstnng turli balandliklarida hosil bo’ladi. Balandlik bo’yicha inversiya erga yaqin, ya’ni faol Er yuzasidan boshlanadigan inversiya va erkin atmosfera inversiyaga ajratiladi. Inversiya katlamlarining qalinligi bir necha metrdan 2— 3 km gacha, uning chuqurligi 2° dan 10° va undan yuqoriroq bo’lid!i mumkin. T. i. qatlami to’siq qatlam hisoblanadi: shu tufayli mazkur qatlam ostida o’ziga xos meteorologik sharoit yuzaga keladi.