Temza

Temza — Buyuk Britaniyadagi eng katta daryo. Uzunligi 334 kilometr, havzasining maydoni 15,3 ming km2. Kotsuold qirlaridan boshlanib, London havzasidan oqadi va keng estuariy hosil qilib shim. dengizga quyiladi. O’rtacha suv sarfi quyi qismida 260 m3/sekund. Qishda to’lib oqadi. Dengiz suvi ko’tarilganda Temzaning suv sathi London shahri yonida 6,5 metrgacha ko’tariladi. Kema qatnaydi, London shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Temza bo’yida Oksford, London (daryo va uning estuariysi bo’ylab 60 kilometr masofaga cho’zilgan) shaharlari joylashgan. Temza kanallar orqali Bristol qo’ltig’i, Irlandiya dengizi va mamlakatning Markaziy qismidagi sanoat markazlari bilan bog’langan.