TENGSIZLIK

TENGSIZLIK — sonlar yoki mikdorlar orasidagi munosabat sonlardan qaysi biri boshqasidan kattaligi yoki kichikligini ko’rsatadi. Tengsizlikda «>» va «<» ishoralari qo’llanilib, ularning uchi kichik son yozilgan tomonga qaratiladi. Matematika va uning tatbiklarida o’zgaruvchi miqdorlarning barcha qiymatlarida to’g’ri bo’lgan Tengsizliklar ham muhim ahamiyatga ega.