Ter bezlari

Ter bezlari — odam terisidagi ter chikaradigan va uni ajratadigan oddiy naysimon bezlar. Kaft, oyoq tagi va peshona terisida boshqa joylarga qaraganda T.b. ko’p bo’ladi. Oddiy T.Bdan tashqari tananing ayrim joylarida (qo’ltiq ostida, orqa chiqaruv teshigi atrofida, chov sohasida va b.) maxsus apokrin bezlari joylashgan. Ular utkir xidli sekret ajratishi bilan oddiy bezlardan farq qiladi. T.b. ko’p miqdorda ter chiqarib, badan haroratini qisman boshqaradi, organizmdan azotli hosilalar va ishqorli metall tuzlari, asosan, natriy xloridni chiqarib turadi, teri yuzasini ho’llaydi. Qo’ltiq osti, chov soxasida T.b. ning yalliglanishi (gidradenit) ko’proq uchraydi.