Terapiya

Terapiya (Yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: doridarmonlar (farmakoterapiya), antibacterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaktsinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va b. fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh fizkultura; parhez va b. yo’llar) bilan davolash; 2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki azolar kasalliklari, ularning paydo bo’lish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini o’rganuvchi klinik fan. Yunoniston, Qad. Rim, Sharqning Uyg’onish davrida Sharq va Evropaning buyuk vrachlari (Gippokrat, Galen, Ibn Sino, a.rroziy, Paratsels va b.) ilk bor tibbiyotda muhim ilmiy sistemalar va yo’nalishlarni asoslab berdi. 17-a.da ingliz vrachi Sidenxem Gippokratning bemorni vrach qarovida kuzatish taomiliga asoslanib, kasallik jarayoni bosqichlari haqidagi tushunchani shakllantirdi va ko’pchilik kasallik belgilarini tavsifladi. Ilmiy anatomiyaning asoschisi A.Vezaliynish ishlari, u.Garveyning qon aylanishini kashf etishi, patologik anatomiya sohasida erishilgan yutuqlar, bemorni so’rash (M.Ya.Mudrov, G. A.Zaxarin), tanani barmoq bilan urib ko’rish, paypaslash, eshitish kabi usullarning qo’llanilishi hamda kasallikni aniqlashda eksperimental usullardan foydalanish T.ning tibbiyilmiy fan sifatida rivojlanishiga zamin bo’ldi. T. 19-a.gacha tibbiyot bilan bog’liq holda rivojlandi. Rentgen nurlarining kashf etil i sh i, rentgenodiagnostikannng kuchayishi, elektrokardiografiya va arterial bosimni o’lchash usulini amalda tatbiq etish T.ning yanada rivojlanishiga olib keldi. Kime fanining o’sishi T.da turli lab. tekshiruvi usullaridan diagnostikada foydalanish hamda turli doridarmonlar ishlab chiqarish. imkonini berdi. Mikrobiologiya va immunologiya sohasidagi yutukdar vaktsina va zardoblarni davoprofilaktika maqsadida qo’llashga, serodiagnostikanknt vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Tibbiyotning taraqqiyoti natijasida 19-a.ga kelib, dermatologiya, nevropatologiya, gematologiya, endokrinologiya, keyinchalik yuqumli kasalliklar, ftiziatriya va b. mustaqil fan sifatida T.dan ajralib chikdi. Patologiya xarakterining o’zgarishi, klinik fanlarning bo’linishi, diagnostikada lab. va instrumental usullarning keng joriy etilishi va b. zamonaviy T.ning muxim masalalaridan bo’lib qolmoqda. T. ning tarmoklanishi (mas., xirurgiya, urologiya, fiziologiya, eksperimental patologiya va b.) kardiologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, fizioterapiya va h.k. fanlarning ham mustaqil ilmiy soha sifatida ajralishiga olib keldi. T. sog’liqni sakdash tamoyillariga va oliy nerv faoliyati to’g’risidagi ta’limotga asoslanadi. O’zbekistonda tibbiyot oliy o’quv yurtlari -1 va 2Toshkent tibbiyot intlari, Samarqand tibbiyot inti, Andijon tibbiyot inti, Buxoro tibbiyot inti, Toshkent tibbiyot pediatriya inti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish intida T. kafedralari bor. O’zbekistonda T. fanining shakllanishi Toshkentda ishlagan terapevt olimlar A.N.Kryukov, N.I.Ragoza, M.I.Slonim, I.A.Kassirskiy; rivojlanish tarixi esa A.A.Asqarov, N.I.Ismoilov, E.I.Otaxonov, ZM.Umidova, R. A.Katsenovich, K.B.Bahodirov, N.A. Mirzoyan, R.A.Abdullaev, K.G’G’.Yo’ldoshev, A.M.Ubaydullaev, E.G’.Qayumov, E.Y. Krsimov va b. nomi bilan bog’liq. Hoz. o’zbek olimlari O’zbekistonning o’ziga xos iqlimi sharoitida turli kasalliklar, jumladan, me’daichak yo’li, qalqonsimon bez, yuraktomir va nafas sistemasi, gipertoniya, ateroskleroz, stenokardiya, miokard infarkti, revmatizm kabi kasalliklarning qay tarzda kechishi, ularning oldini olish, davolash va organizmning funktsional holatini tiklash, shuningdek, bu kasalliklarni zamonaviy tibbiyot apparatlari yordamida tekshirish, issiq iklimning yuraktomir sistemasiga ta’siri, klinik endokrinologiyaning turli dolzarb muammolarini o’rganish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda (yana q. Tibbiyot). Terbiy (lot. Terbium), Tb — Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Lantanoidlarga kiradi. Tartib rakami 65, mol. m. 158,9254. Bitta izotop |59T shaklida uchraydi. T.ning bir necha sun’iy radioaktiv izotoplari olingan. Lantanoidlarning ittriy guruhchasiga kiradi. T. kumush kabi oq metall. Suyuklanish trasi 1356°, qaynash trasi 2480°, zichligi 8,270 g/sm3. Sof T. plastik va yaxshi deformasiyalanadigan metall. Kimyoviy jihatdan faol. O’z birikmalarida 3 va 4 valentli. T. rangli metallarning qotishmalariga oz mikdorda qo’shiladi. Lyuminoforlar va lazer materiallari tayyorlashda qo’llanadi.