Tereshkova Valentina Vladimirovna

Tereshkova Valentina Vladimirovna (1937.6.3, Yaroslavl viloyati Maslennikovo qishlog’i) — rus kosmonavtuchuvchisi (1963), jahonda 1ayol kosmonavt. N.E.Jukovskiy nomidagi harbiyhavo muhandislik akademiyasini tugatgan (1969). 1963 y. 16— 19 iyunda V.F. Bikovskiy bilan birga «Vostok» kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan. Er atrofini 48 marta aylanib, 70 soat, 47 min. mobaynida 2 mln. km ga yaqin masofani uchib o’tgan. Sobiq ittifoq ayollar qo’mitasi raisi (1968-87). Xalqaro ayollar demokratik federasiyasi viseprezidenti (1969 y.dan). Chet el mamlakatlari bilan madaniy aloqa va do’stlik jamiyatlari Ittifoqi Prezidiumi raisi (1987-92). Rossiya xalkaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi rahbari (1994 y.dan).