Tergachi neft koni
Tergachi neft koni – Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi kon. Namangan t.y. stantsiyasidan 25-30 km shim.g’arbda. Kondan 30 km masofada Tergachi—Namangan neftuzatgich quvuri o’tadi. Kon maydoni Chatqol tog’ tizmasining tog’oldi tekisligida, dengiz satx.idan 700-800 m balandlikda joylashgan. T.n.k. Namangan tektonik pog’onasidagi Tergachi burmasi bilan boglik. Tergachi burmasi braxiantiklinaldan iborat, shim.sharqdan Jan.g’arbga cho’zilgan, asimmetrik tuzilishga ega. Shim. kanoti tik (15-16°), Jan. yassi (8— 10°). Shim. va shim.Sharqiy tomonlaridan ko’tarilmauzilma tipidagi ko’p sonli tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan. Jan. va shim.dagi yoriklar amplitudasi 30-45 m, markazdagisi 130-140 m ga etadi. Konning neftli gorizontlari quyi neogen, paleogen va olay karbonat yotqiziklarida mujassamlashgan. Kdzilgan kuduklarning 21 tasidan neft olingan. Kizil rangli svitadagi neft og’ir, parafinli, kam oltingugurtli, oksidlangan, metanneftenli tipga mansub. Ba’zi gorizont. lardagi neft engil. Tarkibida oltingugurt, asfalten, koks, parafin, selikagelli smola, aktsiz smolasi kam. Qizil rangli svita va ayrim gorizontlardagi qatlam suvlari namakob turiga mansub, minerallashganligi 78,6—143,1 g/l, kimyoviy tarkibiga ko’ra xlorkaltsiyli. Kondan hoz. kunda foydalanilmoqda.