Termik analiz, termografiya
Termik analiz, termografiya — fizikkimyoning asosiy tadqiqot usullaridan biri; turli moddalar, tog’jinslari va minerallarni qizdirish yoki sovitish jarayonida ularda ro’y beradigan fazaviy o’zgarishlarni maxsus asboblar (derivatograf va b.) yordamida yozib olishga asoslangan. T.a. natijalari termogramma da aks ettiriladi.T.a. aniq va qulay tadqiqot usullaridan hisoblanib, kimyo, geol., tuproqshunoslik, metallurgiya, Agronomiya, oziq-ovqat, tsement, chinni, keramika, to’qimachilik, dorishunoslik va b. sohalarda qo’llanadi.