Termin

Termin (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi so’z yoki so’z birikmasi. T. umumxalq tshtiga muayyan terminologik tizim orqali o’tadi, binobarin, T. va umumiste’moldagi so’zlar bir-birini to’ldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, o’z terminologik maydonida bir ma’nolilikka moyillik, histuyg’uni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar T.ga xos xususiyatlardir. Biologiya, mat., tilshunoslikda qo’llanadigan «funktsiya» so’zini ko’p ma’noli T. sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir bo’lib turadigan reterminologik jarayon (bir soha T. ining ikkinchi soha T.i sifatida qo’llanishi) hosilasi tarzida qaralmog’i lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar T. hosil qilishda ham kuzatiladi. So’z bilan T. ning umumiy va xususiy tomonlari etarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng iste’molda bo’lgan so’zlar ayni paytda turli sohalarga doir T.lar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdo’zlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha T.lari bo’lish bilan birga umumxalq tilida faol qo’llanadi. Hoz. kunda «T.»so’zi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» so’zlari ham ayni ma’noda qo’llanmoqda. Pekin ular «T.»so’zining hoz. ma’nosini to’liq ifoda eta olmaydi. «Atama» so’zi keng ma’noda bo’lib, geografik ob’ektlar, atokli nomlarga nisbatan qo’llanadi. «Istiloh» so’zini esa T. ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qo’llash mumkin. Ibodulla Mirzaev.