TERMIT PAYVAND

TERMIT PAYVAND — metallarni termit yordamida biriktirish, ulash. Termit payvand uchun biriktiriladigan detallar o’tga chidamli material bilan qoplanadi, payvandlanadigan joy 400-700° gacha qizdiriladi va chok erigan termit bilan to’ldiriladi. Suyuq termit asosiy metall bilan mustahkam birikma hosil qiladi. Termit payvand rels va trubalarni uchmauch payvandlashda, darzlarni eritib yopishtirishda, telefon simlarini ulashda keng qo’llanadi.